So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

28 mar 14:12
Yangiliklar

Regbi

Regbichilarimiz eronlik raqiblari bilan murosa ko'chasini tanlashdi

Regbichilar musobaqasi Toshkent viloyatidagi “Do'stlik” stadionida regbi bo'yicha erkaklar o'rtasida Osiyo chempionatining uchinchi divizion bahslari bo'lib o'tmoqda.

Mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni sog'lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilayotgan doimiy etibor samarasida boshqa sport turlari qatori regbi ham tobora ommalashib bormoqda.

O'zbekiston regbi federaciyasi 2006 yili Osiyo regbi uyushmasiga azo bo'lgan, 2014 yil 14 mayda Xalqaro regbi kengashining to'la huquqli azoligiga qabul qilingan.

Bugungi kunda ushbu sport turiga qiziquvchi yoshlardan iborat jamoalar ishtirokida erkaklar va xotin-qizlar o'rtasida mamlakat chempionati, turli musobaqalar muntazam o'tkazib kelinmoqda. Mashg'ulot va musobaqalarni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, xalqaro maydonda yuksak natijalar ko'rsatishga qodir sportchilarni tayyorlash, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Regbi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi qita miqyosidagi musobaqalarda muntazam qatnashib kelayotir.

Regbi bo'yicha Osiyo chempionati uchinchi divizion bahslarining ilk uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi eronlik raqiblari bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan qarama-qarshilikda 13:13 hisobi qayd etildi.

– O'zbekiston terma jamoasi hali yosh bo'lsa-da, juda kuchli. Yigitlar baquvvat va chayir. Eron jamoasi regbi bilan o'n ikki yildan buyon muntazam shug'ullanib kelayotganiga qaramay, bugun mezbonlar bilan o'ynash oson bo'lmadi. Oldinlari ikkinchi divizionda o'ynaganmiz, maqsadimiz yana ikkinchi divizionga qaytish, – deydi Eron terma jamoasi katta murabbiyi Hamid Rizo.

Navbatdagi bahs 28 mart kuni bo'lib o'tadi. SHu kuni Eron terma jamoasi livanlik regbichilar bilan kuch sinashsa, 31 mart kuni musobaqaning so'nggi bellashuvida O'zbekiston terma jamoasi Livan termasiga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur jamoalar g'olibi ikkinchi divizion bahslarida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing