12 sen 21:22
Yangiliklar
Regbichilarimiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Ufaga etib bordi
Butun dunyo bo'ylab uzoq davom etgan pandemiya davridan so'ng ilk marta tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etishadi.
Kuni kecha sportchilarimiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Rossiyaning Ufa shahriga etib borishdi. Musobaqa turli davlatlardan qatnashayotgan ishtirokchilar uchun ham uzoq muddatli tanaffusdan so'ng dastlabkisi bo'lmoqda.
Terma jamoamiz azolari ushbu musobaqada munosib qatnashish maqsadida Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan “Yangiobod” o'quv-mashg'ulot bazasida so'nggi tayyorgarlik yig'inini o'tkazdi.
Malumki, keyingi yillarda mamlakatimizda regbini yanada rivojlantirish, uni respublika aholisining keng qatlamlari o'rtasida faol targ'ib qilish va ommalashtirish, yuqori sifatli o'quv-mashg'ulot bazasi bilan taminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Fikrlar