So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

05 avg 12:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Reja o'zgardi: Isroil Madrimovning jangi chempionlik uchun emas, boshqacha maqomda bo'ladi

Teglar :  BoksIsroil Madrimov
Avval xabar berib o'tganimizdek, 15 avgust kuni (bizning vaqt bilan 16 avgust tongida) Isroil Madrimov amerikalik Erik Uolkerga qarshi jang qiladi.

Bungacha mazkur jang WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun o'tkazilishi haqida xabar qilgandik. Ammo, malum bo'lishicha bu borada rejalar biroz o'zgargan. 

Yani, jang chempionlik uchun emas, WBA Super kamari uchun eleminator (saralash) jang maqomida bo'ladi. 

Bu yaxshimi yoki yomon? Boxer TV kanali bunga aniqlik kiritib o'tdi. 

"Ushbu vaznda WBA Super, IBF va IBO kamarlari hozirda Xeyson Rosarioga tegishli va u o'zining navbatdagi jangini 26 sentyabr kuni WBC yo'nalishi chempioni Jermall CHarloga qarshi o'tkazadi. Mazkur jang g'olibi ushbu vazndagi 3 ta asosiy kamar va IBO kamarini qo'lga kiritadi. Agar Isroil navbatdagi jangda WBA reytingida 6-pog'onani egallab turgan Erik Uolkerni mag'lub etsa, WBA Super kamari uchun majburiy davogar bo'lish sari katta qadam tashlaydi. Undan keyin esa Madrimovni yana bitta eleminator jang kutib turadi. O'sha jangda ham g'alaba qozonsa Madrimov WBA Super jahon chempionlik kamari uchun majburiy davogar bo'ladi. Bu degani bokschimiz CHarlo - Rosario jangi g'olibiga qarshi uchta nufuzli kamar uchun jang qilish huquqiga ega bo'ladi. Bu taxminan Isroilning 8-jangiga to'g'ri keladi. Ana shunda Madrimov Murodjon Ahmadalievning rekordini (8 ta jangda 2 ta kamar qo'lga kiritish) yangilashi mumkin. Yani Isroil 8 ta jangda 3 ta chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu albatta Interim, Regular va Gold kabi ikkinchi darajali kamarlardan yaxshiroq", - deyiladi malumotda. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
06 avg 18:03:45
Jalol Axmedov
Ahmedov foydalanuvchining fikriga javob berish
Charloga- Doveryanchenko tushmaydimi 26 sentyabr kuni
charlo 2 ta aka uka Xasan va Xusan ikkalasi bir kunda jang qiladi bir kechada. isroilni vaznida Jermell Charlo wbc chempioni Xeison Rosarioga qarshi, 72 kilodagisi Jermall Charlo vs Sergey Derevyanchenko
   
06 avg 00:10:12
Ahmedov
Charloga- Doveryanchenko tushmaydimi 26 sentyabr kuni
   
05 avg 16:10:31
Judo 1
Isroil yorib tasha hammasini, tez orada barcha kamarlarni qo'lga kiritishingda omad tilaymiz!
   
05 avg 12:33:50
Dark Warrior
Olg'a Madrimov, Biz bu janglarini orziqib kutamiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing