12 apr 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Rekordchi Jim Miller UFC’dagi 47-jangini o'tkazadi
Amerikalik 42 yoshli tajribali aralash yakkakurash ustasining jangi Liga rahbariyati tomonidan rasman tasdiqlandi.
Jim Miller 9 may kuni AQSHning Nyuark shahrida bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirida 37 yashar hamyurti Jared Gordonga qarshi oktagonga ko'tariladi. Hozirda Miller Andrey Orlovskiyni to'rtta jangga ortda qoldirmoqda.
2021 yildan beri Jim Miller ketma-ket ikkita jangda mag'lub bo'lmagandi. U o'tgan yilning aprel oyida CHeyz Xuperga hakamlarning qarori bilan yutqazib qo'ygan edi. Jared Gordon ham avvalgi jangida mag'lub bo'lgan, u sentyabr oyida uchinchi raundda Raf Garsiyaga texnik nokaut bilan yutqazgandi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar