22 iyu 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Revanshda Machadoni nokautga uchratgan Kansio WBO kamarini himoya qildi
Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi yarim engil vazn toifasida o'tkazilib, revansh maqomida edi. Unda WBO chempioni Endryu Kansio puertorikalik davogar Alberto Machadoga qarshi ringga chiqdi.
O'n ikki raundlik chempionlik jangi uchinchi uch daqiqalikda yakunlandi. Kansio raqibini revansh jangida ham texnik nokautga uchratdi. Machada birinchi jangda ham muddatidan ancha avval nokaut evaziga yutqazgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar