26 dek 20:15
Yangiliklar
RFI UEFAdan chiqib ketish uchun xat yuboradi
"Ertaga bu qaror (agar favqulodda hech narsa sodir bo'lmasa) ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Xat shu yil yuboriladi. Ammo muhim bir jihat bor.
Bu xat hali chiqish ketildi, degani emas. Bu faqat chiqib ketish niyati bildirilgan maktub bo'ladi (qoidalarga ko'ra, u moliyaviy yil oxirigacha malum bir muddatda yuborilishi kerak. Yani, moliyaviy, taqvim yakunida emas).
Aslida, bu zaruriy qonuniy jarayon bo'lib, u bizni UEFAdan ketishga majbur qilmaydi, ammo bu holda yana bir yil kutmaslikka imkon beradi. Ammo u yo'llangach ham, "endi nima qilamiz" degan mavzuda turli muhokamalar (jumladan, Evropa futboli mutasaddilari bilan) davom etadi", – deyiladi manba xabarida.
Avvalroq Rossiya OFKga o'tish haqidagi yakuniy qarorni 27 dekabr kuni qabul qilishi aytilgan edi.
Fikrlar