27 iyu 13:46
Yangiliklar
Tennis

Ribakina ishtirokidagi 1/2 finalning uchchala seti ham tay-brekkacha cho'zildi
AQSH poytaxti Vashington shahrida yakuniga etib borayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirda finalchilar aniqlandi.
Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina final ostonasida io'xtatildi. Qozog'istonlik tennis malikasi uchchala seti ham tay-brekkacha cho'zilgan yarim final uchrashuvida WTA reytingida 36-o'rinni egallab turgan kanadalik Leyla Fernandesga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 7/6(2), 6/7(3), 6/7(3).
Fernandes tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1. Uch soatu 16 daqiqa davom etgan dramatik bahsda Ribakina 17, Fernandes 12 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan breykdan foydalangan. Bugun Leyla bosh sovrin uchun rossiyalik Anna Kalinskayaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar