03 dek 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Rigondo Lomachenkoni kuchli bokschi sifatida tan olmadi
Jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoning raqibi kubalik Gilermo Rigondo ukrainalik bokschini dunyoning kuchli bokschilari qatoriga qo'shmadi.
“Mening chempionim va superyulduzim – Andre Uord. SHuningdek,
Terens Krouford, Mayki Garsiya, Kanelo Alvares, Migel Kottoni ham yulduz
sifatida tan olaman. Meni ham ushbu ro'yxatga kiritish kerak.
Meyvezer? U bokschilik faoliyatini yakunlagan. Lekin men uchun baribir birinchi raqamli yulduz bo'lib qolaveradi”, - dedi Rigondo.
Eslatib o'tamiz, ikki vaznda jahon chempionlari bo'lib turgan Vasiliy Lomachenko va Gilermo Rigondo o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 9 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar