29 noy 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23607_220.jpg)
Rigondo: “Lomachenkoning promouteri meni tanlab katta xatoga yo'l qo'ydi”
Ikkinchi engil vazn toifasida WBA chempioni Gilermo Rigondo ikkinchi yarim engil vaznda WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi o'tkaziladigan jang yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
Kubalik boks ukrainalik chempionning chorloviga binoan ikki vazn yuqoriga ko'tarilib, Lomachenkoga qarshi jang o'tkazishga rozi bo'lgandi.
“Vasiliyning promouteri Bob Arum meni tanlab katta xatoga yo'l qo'ydi. Bu ular uchun hali yaxshigina zarba bo'ladi. Jismoniy holatim ham undan ancha yaxshi. Buni hozircha sir saqlab turaman. Lekin vazn o'lchash marosimi kuni buni hamma ko'radi”, – dedi Rigondo.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko va Gilermo Rigondo
o'rtasidagi chempionlik jangi 9 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib
o'tadi. G'olib bokschi WBO va WBA chempionlik kamarlarini qo'lga kiritadi.
Havola :
Fikrlar