10 may 10:29
Yangiliklar
Tennis

Rim "Masters". Karlos Alkaraz uchinchi davraga chiqdi
Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz ortiqcha qiyinchiliksiz Internazionali BNL d'Italia turnirining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Ispaniyalik tennischi 1/32 final bahsida ATP reytingida 131-pog'onada borayotgan serbiyalik Dushan Layovichni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lub etdi - 6/3, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0. Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar hamda breyklar bo'yicha ustunlik mos ravishda 2 ga 1 va 4 ga 1 ko'rinishida g'olib tennischi foydasiga hal bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar