20 may 11:10
Yangiliklar
Rim "Masters" turnirida chempion aniqlandi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib kelgan germaniyalik Aleksandr Zverev ATP reytingida 24-pog'onadan joy olgan chililik Nikolas Xarriga qarshi kortga chiqdi. Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda tajribali Zverev 6/4, 7/5 hisobida g'alaba qozonib, ikki karra Rim "Masters" turniri chempioniga aylandi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Aleksandr oldinda bormoqda - 5:2. Zverev 6, Xarri 4 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Nikolasda ko'proq bo'ldi - 2 ga 1. Internazionali BNL d'Italia turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Zverevga 1000 reyting ochkosi hamda 963,225 evro mukofot puli keltirdi. Xarri esa 650 ochko va 512,260 evro ishlab oldi.
Fikrlar