15 avg 07:53
Yangiliklar
Futbol

Rinat Dasaev: "O'zbekistonga Jahon chempionatida omad tilayman"
Kecha Toshkentda O'zbekiston va Rossiya faxriylari o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida mehmonlar tarkibida bir necha sobiq yulduz futbolchilar harakat qildi.
Uchrashuvdan so'ng 1988 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan Rinat Dasaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Taassurotlar bir olam. O'zbekistonga kelish, yaqin do'stlar bilan uchrashish xursand qildi. Qolaversa, mehmondo'st xalqingiz ham yoqimli tarzda qarshi oldi. Fursatdan foydalanib, O'zbekistonga faqat yuqoriga intilishini va Jahon chempionatida omad tilayman.
"Paxtakor-79" tarkibida terma jamoa, Olimpiya terma jamoasi futbolchilari bor edi. An, Fyodorov shular jumlasidan. Umuman o'zbek futboli doim yuqori darajada bo'lib kelgan. Bugungi o'yin orqali do'stlik aloqalarimiz yanada mustahkamlandi deya olaman",- dedi Dasaev.
Havola :
Fikrlar