10 avg 10:59
Yangiliklar
Rio-2016. Bugun sportchilarimiz ikkita medal qo'lga kiritishlari mumkin
Ulardan ikki nafari bevosita buguning o'zida medallarni qo'lga kiritishi mumkin. Ularning har ikkisi ham dzyudo bahslarida tatamiga chiqadi. SHerali Jo'raev -90 kg vazn toifasida bahslarga kirishsa, Riodagi yagona ayol dzyudochimiz Gulnoza Matniyozova -70 kg vaznda medallar uchun kurashadi.
Quyida bugun Olimpiadada ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan tanishing:
SHerali Jo'raev - (Dzyudo, -90 kg vazn toifasida, birinchi bosqichdan boshlab - finalgacha) - 18:00 dan keyin
Gulnoza Matniyozova - (Dzyudo, -70 kg vazn toifasida, birinchi bosqichdan boshlab - finalgacha) - 18:00 dan keyin
SHahboz Xolmurzaev - (Akademik eshkak eshish, 13-24 - o'rinlar uchun, 2000 metr) - 19:10
Rustam To'laganov - (Boks, -91 kg vazn toifasida, chorak final) - 21:45
Hasanboy Do'stmatov - (Boks, -49 kg vazn toifasida, chorak final) - 01:00
Fazliddin G'oibnazarov - (Boks, -64 kg vazn toifasida, 1/16 final) - 02:15
Barcha sportchilarimizning chiqishlari saytimiz orqali onlayn tarzda yoritib boriladi! Olg'a, O'zbekiston!
Fikrlar