31 dek 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Rio-2016 medalidan mahrum qilingan Zoirovning raqibi apellyaciya berdi
Rio Olimpiadasi kumush medalidan mahrum qilingan rossiyalik bokschi Misha Aloyan Sport arbitraj sudi qarori bo'yicha apellyaciya berdi.
Aynan Sport arbitraj sudi (CAS) dekabr oyining boshlarida Aloyanni taqiqlangan moddalar istemol qilganlikda ayblab, uni Rio-2016 o'yinlari kumush medalidan mahrum qilgandi.
Bokschining doping taxlili Aloyanning qon tarkibida taqiqlangan tuaminogeptan moddasi borligini ko'rsatgan edi.
Eslatib o'tamiz, Misha Aloyan Olimpiadaning hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz SHahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar