14 avg 03:30
Yangiliklar
Rio-2016. O'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroklari yakunlandi
03:30. Bahodir Jalolov jangda raqibini nokautga uchratdi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
23:45. Uning raqibi venesuelalik Edgar Munoz bo'lishi kutilmoqda.
22:30. +91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Bahodir Jalolovning jangi tunda 03:15 da bo'lib o'tadi.
21:07. Afsuski, To'laganov hakamlarning qarorlari evaziga jangda mag'lub deb topildi va bronza medali bilan chegaralanishga majbur bo'ldi. Mayli, nima bo'lgan taqdirda ham Rustamni bronza medali bilan tabriklab qolamiz!
20:55. Endi Rustam To'laganov final yo'llanmasi uchun rossiyalik bokschiga qarshi jangga chiqdi. Boshladik!
20:52. BARAKALLA SHAHRAM! BOKSCHIMIZ OLIMPIADA CHEMPIONINI MAG'LUB ETIB, YARIM FINALGA YO'LLANMA OLDI!
20:37. Ana endi ringga bokschimiz SHahram G'iyosov jangga chiqib kelmoqda! Olg'a, SHahram!
20:25. Hamyurtimiz ishtirokidagi jang biroz kechikadigan ko'rinadi.
20:00. Yana 30 daqiqadan so'ng SHahram G'iyosov yarim final yo'llanmasi uchun kubalik bokschiga qarshi jangga chiqishi rejalashtirilmoqda.
19:48. Zoirov navbatdagi bosqichda amerikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi.
19:30. Bokschimiz irlandiyalik raqibini katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqchiga yo'llanmani qo'lga kiritdi!
19:16. Zoirov jangni boshladi!
19:05. Yana 10 daqiqalardan hamyurtimiz ishtirokidagi jang boshlanadi.
18:30. SHahobiddin Zoirovning bugungi raqibi irlandiyalik Brandan Irvin bo'ladi. Bokschimiz Olimpiadani g'alaba bilan boshlashiga ishonamiz!
18:15. Aytgancha, ayollar o'rtasidagi ettikurashda ishtirok etayotgan engil atletikachimiz Ekaterina Voronina jarohati sababli kurashni to'xtatdi.
18:10. Yana bir soatdan so'ng bokschimiz SHahobiddin Zoirov Olimpiadadagi ishtirokini boshlaydi.
17:45. Akademik eshkak eshuvchimiz SHahboz Xolmurzaev nihoyat Olimpiadadagi ishtirokini 22-o'rin bilan yakunladi.
17:30. Bugun quyidagi sportchilar Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladilar:
SHahboz Xolmurzaev - (Akademik eshkak eshish) - 17:40
SHahobiddin Zoirov - (Boks, 52 kg vazn toifasida, 1/16 final) - 19:15
SHahram G'iyosov - (Boks, 69 kg vazn toifasida chorak final) - 20:30
Rustam To'laganov - (Boks, 91 kg vazn toifasida, yarim final) - 20:45
Bahodir Jalolov - (Boks, +91 kg vazn toifasida, nimchorak final) - 03:15
17:15. Assalomu alaykum sport ishqibozlari. Sportchilarimizning bugungi ishtiroklaridan onlayn malumotlar berishni boshlaymiz.
Fikrlar