09 sen 10:40
Yangiliklar
Rio Olimpiadasi chempioni 10 oyga chetlatildi va 100 000 dollar jarimaga tortildi
Loxte Rio-de-Janeyro shahridagi olimpiya qishlog'ida yolg'on o'g'irlik haqida ko'rsatma bergani uchun ushbu jazoga loyiq ko'rildi. CHetlatilishdan tashqari, sportchi 100 ming dollar jarimaga ham tortildi.
Rayan AQSH terma jamoasi tarkibida 200 metr masofaga o'tkazilgan erkin usuldagi estafeta bahslarida Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritgan edi. Loxtedan tashqari, Jeyms Feygen, Jek Konger va Gunnar Benclar 2016 yilning 31 dekabriga qadar barcha musobaqalardan chetlatilishdi.
Bu hali hammasi emas. Speedo, Ralph Lauren brendlari, kosmetik maxsulotlar ishlab chiqaruvchi Syneron-Candela kompaniyasi hamda matraslar savdosi bilan shug'ullanuvchi Airweave Lcc kompaniyasi Loxte bilan homiylik shartnomalarini bekor qilishdi.
Fikrlar