28 okt 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21600_220.jpg)
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov prof boksda debyut qildi
Bundan bir necha daqiqa avval Rio Oliimpiadasining bronza medali sovrindori Rustam To'laganov professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi.
Hamyurtimizning professional boksdagi debyut jangi AQSHning CHikago shahrida bo'lib o'tdi. To'laganov o'tgan vaqt mobaynida 26 kg vazn tashlashga muvaffaq bo'ldi va bugun u 79,9 kg vazn toifasida ringga chiqdi.
To'rt raundga mo'ljallangan jang charm qo'lqop ustamiz mezbon bokschi Robert Gerrani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, prof ringdagi debyutini muvaffaqiyatli
boshlab oldi.
"Birinchi g'alaba hamisha yoqimli bo'lgan. Lekin bugungi raqibim "toza" jang qilmas ekan. "Klinch" holatida boshi bilan bir necha marotaba zarba berishga urinib ko'rdi va buning uddasidan ham chiqdi", - dedi To'laganov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar