23 mar 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Rio Olimpiadasida qatnashgan o'zbek bokschisi bugun prof ringda debyut qiladi
Bugun o'zbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboev professional boksda dastlabki jangini o'tkazadi.
Polshaning Lomja shahrida bo'lib o'tadigan jangda hamyurtimizga mezbon bokschi Kristzof Rogovski raqiblik qiladi. Jang 6 raundga mo'ljallangan.
Malumot uchun, Xurshid Tojiboev Rio Olimpiadasida ishtirok etgan va chorak finalgacha etib borgandi.
Kristzof Rogovski shu kungacha prof boksda 38 ta jang o'tkazib, 10 marotaba g'alaba qozongan (5 ta nokaut), 28 marotaba mag'lub bo'lgan (16 ta nokaut).
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Xurshid Tojiboev "MTK Global" kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar