12 fev 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Robert Ister IBF chempionlik kamarini himoya qildi
Professional boksning engil vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Robert Ister o'z titulini himoya qildi.
Amerikalik 26 yoshli bokchi AQSHda o'tkazilgan boks oqshomida Luis Krusga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Ister raqibini ikki bor - o'ninchi va o'n ikkinchi raundlarda nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Yakunda hakamlar 119-106, 118-107, 117-108 hisobida chempionning g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Fikrlar