02 iyu 12:26
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Amaldagi chempion irodali g'alaba evaziga qozoq tennischidan ustun keldi
Sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek "Rolan Garros" turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Polshalik tennischi to'rtinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 11-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Elena Ribakinani irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi setni 1/6 hisobida boy bergan Iga yakunda umumiy g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi - 6/3, 7/5.
Qizig'i, ikkinchi setda ham Svyontek 0/2 hisobida yutqazayotgandi. Nihoyat, tennischilarning o'zaro to'qqizinchi uchrashuvga kelib, Svyontek hisobda oldinga chiqib oldi - 5:4. Ikki soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Ribakina 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan breykdan foydalangan. Endi amaldagi chempion 1/4 finalda ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar