27 may 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA
"Rolan Garros". Bugun Kamilla Rahimova dunyoning 10-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Franciya ochiq chempionatining asosiy to'r bellashuvlari o'tkazilmoqda.
Musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Kamilla Rahimova ham ishtirok etmoqda. U ilk bosqichda ruminiyalik Kristian Kaklinni mag'lub etgani haqida xabar qilgandik.
Bugun tennischimiz dunyoning 10-raqamli raketkasi, chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:30dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar