08 iyu 23:58
Yangiliklar

"Rolan Garros". Deyarli yarim asrlik rekordni yangilagan dahshatli final yakunlandi
Erkaklar o'rtasidagi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi va ikkinchi raketka ustalari - italiyalik Yannik Sinner hamda ispaniyalik Karlos Alkaraz o'zaro to'qnash kelishdi. Dramatik kechgan uchrashuv 5 set davom etdi. Beshta setdan uchtasida g'olib tay-breklarda aniqlandi.
Besh yarim soat davom etgan bahsda Alkaraz dahshatli kambekni amalga oshira oldi. Ikkita setni 4/6, 6/7(4) hisobida boy bergan Karlos uchta matchboldan chiqib ketib, muvozanatni tiklay oldi - 6/4, 7/6(3).
Hal qiluvchi beshinchi set ham tay-brekkacha cho'zildi. Unda Sinnerning asablari dosh bermadi. Tay-brekda 7/6(10:2) hisobi qayd etildi. Karlos Alkaraz roppa-rosa 5 soatu 30 daqiqa davom etgan final uchrashuvida qiyin g'alabaga erishib, "Rolan Garros" bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Yannik Sinnerning finalgacha bosib o'tgan yo'li
Birinchi davra: Yannik Sinner - Artur Rinderknex - 6/4, 6/3, 7/5
Ikkinchi davra: Yannik Sinner - Rishar Gaske (WC) - 6/3, 6/0, 6/4
Uchinchi davra: Yannik Sinner - Irji Lexechka - 6/0, 6/1, 6/2
To'rtinchi davra: Yannik Sinner - Andrey Rublyov (17) - 6/1, 6/3, 6/4
CHorak final: Yannik Sinner - Aleksandr Bublik - 6/1, 7/5, 6/0
Yarim final: Yannik Sinner - Novak Jokovich (6) - 6/4, 7/5, 7/6(3)
Karlos Alkarazning finalgacha bosib o'tgan yo'li:
Birinchi davra: Karlos Alkaraz - Julio Dzepperi (Q) - 6/3, 6/4, 6/2
Ikkinchi davra: Karlos Alkaraz - Fabian Marojan - 6/1, 4/6, 6/1, 6/2
Uchinchi davra: Karlos Alkaraz - Damir Jumxur - 6/1, 6/3, 4/6, 6/4
To'rtinchi davra: Karlos Alkaraz - Ben SHelton (13) - 7/6(8), 6/3, 4/6, 6/4
CHorak final: Karlos Alkaraz - Tommi Pol (12) - 6/0, 6/1, 6/4
Yarim final: Karlos Alkaraz - Lorenco Muzetti (8) - 4/6, 7/6(3), 6/0, 2/0, rad
Fikrlar