07 iyu 11:03
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Karlos Alkaraz ilk finalchi!
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining finaliga yo'l oldi.
Ispaniyalik tennischi yakuniga etmay tugatilgan 1/2 final uchrashuvida ATP reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Lorenco Muzettini mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 7/6(3), 6/0, 2/0, rad. Italiyalik tennischi jarohati bezovta qilgani bois, bahsni davom ettira olmasligini bildirdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos katta farq bilan oldinda bormoqda - 7:1. Alkaraz o'tgan yili ham "Rolan Garros" finalida etib kelgan va yakunda chempion bo'lgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar