03 iyu 12:08
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Pegula 361-raketkaga yutqazib qo'ydi, 1/4 finalda yangi nom
Dunyoning uchinchi raketkasi Jessika Pegula kutilmaganda Franciya Ochiq chempionatidagi ishtirokini chorak final ostonasida to'xtatdi.
Amerikalik tennischi kutilmaganda 1/8 final uchrashuvda WTA reytingida 361-pog'onadan joy olgan franciyalik Lois Buassonga 6/3, 4/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikkala tennischi ham 5 tadan breykni amalga oshirgan. Buasson - "Rolan Garros" turniri 1/4 finaliga etib kelgan uchinchi francuz tennischisiga aylandi. Ungacha Karolin Garsiya va Kristin Mladenovich 2017 yilda ushbu bosqichga etib kelgandi. Endi 22 yoshli Lois yarim final chiptasi uchun rossiyalik Mirra Andreevaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar