16 okt 15:53
Yangiliklar

"Roma" yangi stadionga ega bo'ladi. Bunga Evro-2032 sabab bo'lmoqda
Biroq Apennin yarim orolida ish allaqachon boshlangan.
Rim rasmiylariga ko'ra, "Roma" uchun yangi stadion bo'yicha rejalar UEFA tomonidan belgilangan muddatga bajarilishi uchun yil oxirigacha taqdim etiladi. "Bo'rilar" uchun alohida maydon g'oyasi bir muncha vaqtdan beri muhokama qilib kelinadi, ammo endigina muvaffaqiyatga erishildi.
Bu muvaffaqiyat aynan Italiyaning Evropa chempionatiga mezbonlik qilishi bilan bog'liq, chunki "Roma"ning yangi stadioni musobaqalar o'tkaziladigan joylardan biri bo'lishi rejalashtirilgan. Hozircha, na taxminiy dizayn, na sarmoya miqdori, na hatto "jallorosi"ning "Olimpiko" stadionini tark etib, arenani "Lacio"ga qoldirib ketishining taxminiy sanasi ham malum emas.
Fikrlar