09 okt 17:40
Yangiliklar
CHeferin to'rtinchi muddatga o'z nomzodini qo'yishga qaror qildi
Bu haqda “Sky News” muxbiri Rob Xarris xabar berdi.
Manba bergan malumotlarga ko'ra, 58 yoshli sloveniyalik mutaxassis qarorini Berlinda UEFAga azo barcha 55 ta milliy associaciya vakillari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda elon qilgan.
2024 yilning fevralida CHeferin UEFA prezidenti uchun keyingi saylovlarda ishtirok etmasligini bildirgandi. Biroq 2026 yilning sentyabrida PSJ prezidenti hamda Evropa klublari associaciyasi (EFC) raisi Nosir Al Helayfi uni ushbu qarorini qayta ko'rib chiqishga chaqirgandi.
UEFA prezidenti saylovi 2027 yil 4 mart kuni Ostona (Qozog'iston) shahrida o'tkaziladigan tashkilotning 51-kongressida bo'lib o'tadi.
CHeferin 2016 yilning sentyabridan buyon UEFAga rahbarlik qilib kelmoqda. Agar u qayta saylansa, tashkilot prezidenti lavozimini to'rtinchi bor egallaydi.
Fikrlar