02 apr 11:34
Yangiliklar
"Liverpul"da katta xushxabar: Aleksander Isak safga qaytdi
SHveciyalik futbolchi 2025 yil 21 dekabr kuni APL doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi bahsda (2:1) boldir suyagini sindirib olgan edi.
"Aleks hozir juda yaxshi holatda, deb o'ylayman. SHveciya terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi, bundan tashqari, u ertaga jamoa bilan birga ilk mashg'ulotini o'tkazadi.
Albatta, bu uch-to'rt oylik tanaffusdan keyingi ilk mashg'ulot, ammo uning qaytgani juda muhim. Biz qanday darajadagi hujumchini sotib olganimizni hammamiz bilamiz — u aql bovar qilmas iqtidor. Mavsumning so'nggi ikki oyida uning yordami bizga juda kerak bo'ladi", — dedi Slot klub rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Isakni 2025 yil sentyabr oyida 145 million evro evaziga sotib olgan edi. U jarohat olguniga qadar joriy mavsumda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Mersisaydliklar muxlislari endilikda hujumchining mavsum finishida o'z so'zini aytishini kutishmoqda.

Fikrlar