18 mar 19:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Roman Dolidze: "Londonda mendan o'g'irlangan g'alabani qaytarib olishni xohlardim"
Gruziyalik UFC jangchisi Roman Dolidze italiyalik Marvin Vettori ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"Vettorini mag'lub etish men uchun juda muhim edi. Boisi, Londonda mendan o'g'irlangan g'alabani qaytarib olishni xohlardim. Umid qilamanki, raqibim tezda tuzalib ketadi. U kuchli va chidamli jangchi.
Men uni muddatidan oldin engish juda qiyinligini bilardim. Kerak bo'lsa besh raundga ham tayyor edim. Ko'rib turganingizdek, men besh raundning barchasida astoydil harakat qildim va bu men uchun muhim g'alaba bo'ldi", dedi Dolidze.
Eslatib o'tamiz, bu ikki aralash yakkakurash ustasi o'rtasidagi o'zaro ikkinchi jang edi. Birinchi to'qnashuvda Marvin Vettorining qo'li baland kelgandi.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar