15 fev 13:48
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu klublar miqyosida 1000-o'yinini o'tkazdi
"Al Nassr" Osiyo CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvida "Al Feyxa"ni mag'lubiyatga uchratdi (1:0).
Uchrshuvdagi yagona golni aynan Krishtianu Ronaldu urishga muvaffaq bo'ldi. Portugaliyalik shu kuni klublar miqyosidagi 1000-uchrashuvida maydonga tushdi. Umumiy hisobda milliy chempionatlar doirasida 685 uchrashuvda, Kubok bahslarida 98 marta va 217 bor xalqaro musobaqalar bellashuvlarida maydonga tushgan.
Ronaldu 1000 va undan ko'p o'yinda ishtirok etgan 7-futbolchi hisoblanadi. Ushbu ro'yxatda Rojerio Seni etakchilik (1209) qilmoqda.
Havola :
Manba : Opta Sports
Fikrlar