17 may 11:23
Yangiliklar
Ronda Rozi, Frensis Ngannu, Neyt Diazning bugungi jang uchun gonorarlari elon qilindi
O'n yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytib, 17 soniyalik jangda Jina Karano ustidan g'alaba qozongan Ronda Rouzi 2,2 million AQSH dollari miqdorida gonorar oldi. Uning raqibasiga 1,05 million dollar nasib etdi. Bu har qanday UFC jangchisi va hatto chempioni havas qiladigan gonorar.
Mayk Perriga yutqazgan Neyt Diaz 500 ming dollar, uning yutgan raqibi esa 400 ming dollar gonorarga ega chiqdi.
Felipe Linsni nokautga uchratgan Frensis Ngannu 1,5 million dollar gonorarlik bo'ldi. Linsning o'zi - 100 ming dollarga hamyonini boyitib oldi.
Eslatib o'tamiz, MVP ligasi - bu mashhur bloger va bokschi Jeyk Pol tomonidan tashkil etilgan yakkakurashlar olamidagi yangi promouterlik kompaniyasi hisoblanadi.

Fikrlar