08 may 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyada Usik va Lomachenko uchun fuqarolik berishmoqchi
Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlev ukrainalik bokschilar Aleksandr Usik va Vasiliy Lomachenkoga mamlakat fuqaroligini taqdim etishga tayyor ekanligi haqida gapirdi.
"Usik va Lomachenko ajoyib sportchilar, munosib insonlardir. Ular o'z munosabatlarini bemalol bayon eta oladilar. Bu Ukrainaning munosabati emas.
Nafaqat Ukrainada, Rossiya va Belarusda ham ularni yaxshi ko'rishadi va qo'llab-quvvatlashadi. Men ham ularni qo'llab-quvvatlayman. Ukrainada bir necha dollar uchun berilgan ishlarni qilishga tayyor ahmoqlar bor. Ana ular norozi bo'lishlari mumkin.
Agar o'sha ahmoqlar ushbu sportchilar uchun qandaydir yomonlik qiladigan bo'lishsa biz Usik va Lomachenkoga Rossiya fuqaroligini taqdim eta olamiz. Biz bunday sportchilar bilan faxrlanamiz", - dedi Kremlyov.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar