25 dek 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik bokschi Usikni ringga chorladi
Rossiyalik bokschi Aleksey Egorov birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi jang o'tkazish taklifi bilan chiqdi.
Egorov o'tgan yakshanba kuni braziliyalik Gamilton Venturani nokautga uchratgan edi.
“Maqsadim - chempionlik kamari! Men keyingi jangimdayoq Usikka qarshi ringga chiqishga tayyorman. Katta tajribaga ega ekanim bois, bu gapni aytishdan uyalmayman”, - dedi 27 yoshli Egorov.
Aleksandr Usik bu chorlovga etibor ham qaratmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar