23 dek 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik bokschini mag'lub etgan CHarlo WBC kamarini saqlab qoldi
AQSHning Bruklin shaharchasida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy janglaridan biri o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda vaqtinchalik WBC chempioni Jermall CHarlo rossiyalik Matvey Korobovga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan 119-108, 116-112, 116-112 hisobidagi g'alabani CHarloga taqdim etishdi.
Etiborga molik jihati shundaki, Korobov jangga bir necha kun qolganida Villi Monroning o'rnini egalladi. Aslida CHarloga qarshi ringga chiqishi kerak bo'lgan Villi doping tekshiruvdan o'ta olmadi.
Havola :
Fikrlar