24 avg 10:17
Yangiliklar
Tennis

Rossiyalik tennischi Meksikada chempion bo'ldi
Meksikaning Monterrey shahrida WTA 500 toifasiga kiruvchi turnir 21 yoshli Diana SHnayderning g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Dunyoning 22-raketkasi bo'lib turgan SHnayder hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 14-o'rinni egallab turgan 30 yoshli vatandoshi Ekaterina Aleksandrovani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6:3, 4:6, 6:4.
Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda SHnayder ham, Aleksandrova ham 7 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Diana faoliyatidagi beshinchi WTA sovrinini qo'lga kiritdi. U so'nggi bor 2024 yilning iyul oyida Budapeshtdagi turnirda chempion bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar