So’nggi yangiliklar

14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0 13:19Волкановски - Евлоев жангини Оқ уйда ўтказиш таклифи берилди 0 12:58Хосеп Гвардиола: "Артета деярли енгилмас жамоани тузган" 0 12:37Элина Свитолинада кутилмаган мағлубият 0 12:16Боксчимиз WBC камари учун қозоғистонлик рақибига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0 11:55Евлоев ғалабадан сўнг: Лондонни эгалладик, энди навбат Сиднейга! (ФОТО) 0 11:34Sofascore. "Арсенал"га қарши учрашувда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:13Тошкентда сквош бўйича халқаро мусобақа ўтказилди 0 10:52Царукян Мовсар Евлоевнинг чемпионлик имкониятига эга чиққанини ҳазм қила олмаяпти 0 10:31Уайт Нейт Диаз ва промоушен ўртасидаги шартномага муносабат билдирди 0 10:10"Интер Майами" "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этди. Месси 901-голини урди 0 09:49Рибакина Майами турниридаги юришини давом эттирмоқда 0

04 iyu 14:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Rossiyalik UFC malikasiga raqib berildi, jang sanasi va manzil ham malum

Bu haqida UFC promosheniga yaqin manbalar asosli xabarlarga tayangan holda xabar berishdi.

Ayollar o'rtasidagi eng engil vazn toifasi vakilasi Viktoriya Dudakova 3 avgust kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC on ABC 7 turnirida navbatdagi jangini o'tkazadi. Rossiyalik 25 yoshli aralash yakkakurash ustasiga shu kuni braziliyalik Jaklin Amorim raqiblik qiladi.

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Dudakova o'tgan yili UFC promoushenida ikkita jang o'tkazib, har ikkisida ham g'alaba qozondi. U avvaliga Istela Nunesni texnik nokautga uchratdi, keyin esa Jin YU Freyni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi. SHu yilning mart oyida u Melissa Gattoga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Vika jangga bir necha soat qolganida o'zini yomon his qildi va shifokorlar tavsiyasi bilan jang bekor qilindi. 

Braziliyalik 28 yoshli Jaklin Amorim UFC promoushenida 3 ta jang o'tkazgan. Debyut jangida Sem Xyuzga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi. Keyin esa Montserrat Ruis hamda Kori MakKenni texnik nokautga uchrata oldi.

Eslatib o'tamiz, UFC on ABC 7 turnirining markaziy jangi amerikalik Kori Sendxagen hamda rossiyalik Umar Nurmagomedov o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu jang davogarlik maqomida bo'lib, g'olib chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing