28 iyu 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78376_220.jpg)
Rossiyalik “Xalk” yangi promoushenda debyut jangini o'tkazdi
Rossiyalik MMA jangchisi Ivan “Xalk” SHtirkov o'zi uchun yangi promoushen - “Rizin”dagi debyut jangida oktagonga ko'tarildi.
Ivanga Janubiy Koreya vakili Xun Kim raqiblik qildi. Uch raundga mo'ljallangan bahs ikkinchi raundda yakunlandi. Bu vaqtga kelib “Xalk” raqibini parter holatiga tushirishga erishdi. Hakam esa jangni to'xtatishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, SHtirkov shu yilning iyul oyida UFC bilan shartnomasini bekor qilgan holda “Rizin” bilan uzoq muddatlik shartnomaga imzo chekkandi.
Havola :
Fikrlar