28 noy 11:15
Yangiliklar

Rossiyaliklar MMA bo'yicha barcha vaznlarda jahon chempioni bo'lishdi
Etiborlisi, barcha 7ta vazn toifasida aralash qoidalar bo'yicha Rossiya terma jamoasi sportchilari raqiblarini katta ustunlik evaziga mag'lub etib, jahon chempioni bo'lishdi.
Omar Nurmagomedov (61,2 kg) hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra chexiyalik Artur Mikitenkoni mag'lub etdi.
Qurbon Taygibov (65,8 kg) hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra ukrainalik Elnur Velievdan ustun keldi.
Murad Ramazanov (70,3 kg) birinchi raundda texnik nokaut evaziga xitoylik Li CHengni engdi.
Alibeg Rasulov (77,1 kg) hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra qozog'istonlik Goyti Dazaevni yutdi.
Gamzat Xiramagomedov (84 kg) hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra ukrainalik Idris Gezalovni mag'lub etdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Magomed Ankalaev (93 kg) ham ikki karra jahon chempioni bo'ldi. Uning raqibi germaniyalik Robert Lau jangga chiqmadi.
Amirxan Isagadjiev (93 kg) birinchi raundda qozog'istonlik Alimxan Suleymanovni texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar