31 dek 09:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25802_220.jpg)
Roy Jons 8 fevral kuni xayrlashuv jangini o'tkazadi
To'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons (65-9, 47 KO) professional faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazishini malum qildi.
Amerikalik mashhur bokschining xayrlashuv jangi 8 fevral kuni o'zi tug'ilib o'sgan AQSHning Florida shtati, Pensakola shahrida bo'lib o'tadi.
“Faoliyatimdagi so'nggi jangimni ko'rishni istasangiz, 8 fevral kuni Pensakolada sizlarni kutaman. Bu mening so'nggi jangim bo'ladi”, - dedi Jons.
Pensacola Journal xabariga ko'ra, ushbu jang uchun chiqarilgan chiptalarning sotuvi 5 yanvardan boshlanadi. CHiptalarning eng arzoni 20, eng qimmati 50 dollardan sotiladi.
Havola :
Fikrlar