03 dek 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Roy Jons fevral oyida ringga qaytadi, raqib ham malum
Afsonaviy bokschi Roy Jons yana professional ringda jang qiladi.
To'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan Jons (64-9, 46 KO) jang sanasini ham malum qildi. U 17 fevral kuni AQSHning Delaver shtati Uilmington shahrida ringga ko'tariladi.
Jonsning bo'lajak jangdagi raqibi ham malum. Roy amerikalik 43 yoshli bokschi Bobbi Gann (21-6-1, 18 KO) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Gann faoliyati mobaynida Tomash Adamek, Jeyms Toni, Enco Makkarinelli, Glen Jonson kabi mashhur bokschilarga imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Fikrlar