21 noy 11:09
Yangiliklar

Roy Jons “Krid”ga javob qaytardi
Maykl Adonis Krid obrazini “Krid” va “Krid 2” filmlarida talqin qilgach, kino bozorida mashhurlikka erishgandi. O'z o'rnida Jons ham bu jangga rozilik berdi.
“Ha, Maykl meni ringga chorlaganini eshitdim. Men uni tushunaman. U nima ish qilib qo'yganini hali ham bilmayapti. Esdan chiqarmang, men hech qachon takliflarga rad javobini bermaganman. Maykl, senda mening telefon raqamim bormi? Agar yo'q bo'lsa, u holda “TMZ Sports”dagi yigitlar bilan bog'lan! Hozir 49 yoshdaman, u esa 30ga to'ldi. Maykl jismoniy jihatdan yaxshiroq bo'lishi mumkin. Lekin menga tayyorgarlik ko'rish uchun 4-5 hafta etadi”, - dedi Roy TMZ Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons o'zining so'nggi jangida amerikalik Skott Sigmonni 10 raundlik jang yakunida ochkolar hisobida mag'lub etib, WBU chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. SHundan so'ng Roy professional boksdagi faoliyatini rasman yakunlagan edi.
Fikrlar