24 iyu 15:27
Yangiliklar

Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jangi haqida fikr bildirdi
"Men buning haqiqat ekanligini va shaxsan Mayk Taysonga qarshi jang qilish imkoniyati borligini tushunyapman. Bundan qanday qilib xursand bo'lmaslik mumkin?
Jangga jiddiy tayyorgarlik bilan boraman. Men Taysonga qarshi jang qilaman va u o'yinqaroqlik bilan jang o'tkazish mumkin bo'lgan bokschi emas.
Mayk istalgan boshqa bir bokschini tanlashi mumkin edi, lekin u aynan meni tanladi. Qanday qilib bunga rad javobini berishim mumkin? Hozircha aniq shartlarni bilmayman, asosiy vazifam - ringga chiqish.
Taysonning ayni paytdagi holati meni qoyil qoldirdi. U hazillashmoqchi emasligini tushunib turibman. SHuning uchun jangga tayyorgarlik qattiq bo'ladi. Men o'z jangovar hislatlarimni saqlab qolganman, lekin formamni kuchaytirib olishim kerak. CHunki kimga qarshi ringga chiqayotganimni tushunib turibman", - dedi Jons.
Fikrlar