06 avg 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Roy Jons yana Mayk Taysonga qarshi jang haqida gapirdi
Sobiq mutlaq jahon chempioni Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jang haqida gapirib o'tdi.
"Mayk ringga chiqqanidan so'ng komissiya uni nazorat qilib o'tirmaydi.
Men jang davomida ko'rgazmali jang sifatida emas, haqiqiy jangga qaragandek munosabatda bo'lib, himoyalanishim kerak. Agar Mayk qattiq zarba bermoqchi bo'lsa nima qilay? Komissiya azolariga qaraymi?
Albatta yo'q! Men himoyalangan holda javob berishim lozim. Men Mayk namoyish etadigan barcha narsaga, urushga tayyor turishim kerak", - dedi Jons.
Eslatib o'tamiz, Jons - Tayson jangi 12 sentyabr kuni AQSHda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar