19 iyu 13:14
Yangiliklar
Tennis

Rublyov kambek evaziga 1/2 finalga yo'l oldi
Meksikaning Los-Kabos shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning 10-raketkasi bo'lib turgan Andrey Rublyov 1/4 finalda jiddiy qarshilikka duch keldi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 123-pog'onada borayotgan amerikalik Emilio Navani 5/7, 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchrata oldi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 5, Nava 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Andrey ikkinchi setda ham 2/4 hisobida yutqazayotgan edi, ammo qaytishga o'zida kuch topa oldi. Endi u final chiptasi uchun yana bir amerikalik tennischi s drugim amerikancem Aleksandar Kovachevichga qarshi kortga chiqadi. Kovachevich 1/4 finalda argentinalik Xuan Pablo Fikovichdan ustun keldi - 6/3, 6/1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar