27 sen 22:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Rufat Risqievning oyog'i og'ir xastalikdan so'ng kesib tashlandi
O'zbekistonlik taniqli bokschi, jahon chempioni, Monreal Olimpiadasi sovrindori Rufat Risqievning oyog'i kesib tashlandi.
Bu haqda boks murabbiyi Murod Ergashev Facebookdagi sahifasi orqali malum qildi, deb yozadi daryo.uz sayti.
“Do'stlar, Toshkentdan qayg'uli xabar keldi. Bizning mashhur chempionimiz Rufat Risqievning oyog'i venalar trombozining og'irlashishi tufayli amputaciya qilindi, - deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, ayni paytda Rufat Risqiev Toshkentdagi 16-shahar shifoxonasining jarrohlik bo'limi 5-palatasida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, 67 yoshli sobiq bokschi 1974 yil jahon chempioni, 1976 yilda esa Monreal Olimpiadasi kumush medalini qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar