08 dek 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruis Joshuaga qarshi uchinchi jangga jiddiy tayyorlanishga vada berdi
Endilikda sobiq jahon chempioniga aylanib qolgan Endi Ruis Entoni Joshuadan qabul qilib olingan mag'lubiyat sabablari haqida gapirdi.
«Butun jang davomida uni tutishga urindim. Lekin bugun uning kechasi ekan. Men mashg'ulotlarda aytilgan ishlarni qilmay, o'zimcha tayyorlandim. Juda ko'p ortiqcha vazn to'pladim. Lekin men o'zimni oqlamoqchi emasman. Biz uchinchi jangni tashkil qilsak, faoliyatimdagi eng yaxshi formada bo'lishga vada beraman»,-dedi Ruis.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar