09 sen 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruis ketidan Joshua ham ozishga qaror qildi
Cuperog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua amaldagi chempion Endi Ruisga qarshi revansh jangiga qadar biroz ozishga qaror qildi.
"Vaqt kam qolganiga qaramay, men vazn tashlashga qaror qildim. Yaqin uch oy ichida iloji boricha yaxshi tayyorgarlik ko'rishim kerak. SHunchaki kuchli hamda baquvvat bo'lishni istamayman. Men jangga psixologik tomondan ham tayyor bo'lishim kerak", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Ruis - Joshua o'rtasidagi revansh jangi shu yilning 7 dekabr sanasida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar