21 apr 11:07
Yangiliklar
Tennis

Rune Alkarazni o'z hamyurtlari ko'z o'ngida taslim etdi
Ispaniyaning Barselona shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaraz biroz kutilmaganda ATP reytingida 13-o'rinni egallab turgan daniyalik Xolger Runega 6/7(6), 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Runi nomdor raqibining 9 ta uchrashuvdan iborat g'alabali seriyasiga ham chek qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Karlos oldinda bormoqda - 3:2. Bu 21 yoshli Rune uchun faoliyatidagi beshinchi sovrin bo'ldi. Kataloniyadagi muvaffaqiyatli ishtirok Xolgerga 500 reyting ochkosi hamda 535,185 evro mukofot puli taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar