01 dek 07:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Rus derbisi 12 raund davom etdi
Monako shahrida qiziqarli boks kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida ikki rossiyalik bokschi Aleksandr Besputin va Rajab Butaev to'qnash keldi. Jang Rajabga tegishli bo'lib turgan WBA kamari uchun kechdi. Jang to'liq o'n ikki raund davom etdi va hakamlarining qarori bilan Besputin chempionlik kamariga ega bo'ldi. Bu mag'lubiyat Rajab uchun professional faoliyatidagi dastlabkisi bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar