21 may 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan CHagaev: “O'zbekistonda boks maktabi ochish istagidaman, bu borada harakat boshlandi”
Avval xaber berganimizdek, kecha o'zbek sporti iftixori Ruslan CHagaev saytimizda mehmon bo'lgan edi.
Ikki soat davom etgan suhbat turli mavzularni qamrab oldi. Xususan, CHagaev yaqin vaqt ichida O'zbekistonda o'zining boks maktabini ochish istagida ekanligini oshkor qildi.
“Toshkent yoki Andijonda o'zimning boks maktabimni ochishni rejalashtirganman. Bu borada harakat boshlangan. Ayni paytda tashkiliy masalalar hal qilinyapti.
O'zbekiston zamini istedodlarga boy. Faqat ularni o'z vaqtida kashf etish kerak. Men qanday sharoitda boks bilan shug'ullanganimni juda yaxshi bilaman. Maqsadim - barcha zamonaviy sharoitlarga ega boks maktabini ochish”, - deydi hamyurtimiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar