So’nggi yangiliklar

09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0

23 may 16:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Ruslan CHagaev: “O'zbekistonga kelib 10 kilogrammga vaznimni oshirib oldim”

Xabaringiz bor, shu kunlarda hamyurtimiz Ruslan CHagaev Toshkentda bo'lib turibdi.

Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq WBA yo'nalishi chempioni 10 yillik tanaffusdan so'ng ona Vatanga qaytdi. Biz fursatdan foydalanib, Ruslanni saytimiz ofisiga taklif etdik. Suhbatimiz ikki soatdan oshiq davom etdi. O'n yillik tanaffus oralig'ida savollar ham yig'ilib qolgandi.

- Ruslan, bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana ona Vatandasiz. Taassurotlaringiz bir olam bo'lsa kerak, shundaymi?

- Albatta. Har bir inson uchun o'zi tug'ilib o'sgan go'sha kichik Vatan hisoblanadi. Men uchun ham shunday. Andijonda dunyoga keldim, shu erda boksdagi ilk faoliyatim boshlandi. Kindik qonim to'kilgan maskan. Aytishadiku, Vatan tanlanmaydi, deb. O'zbekistonga qaytgan ilk kunimdayoq Andijonga bordim. Birinchi qilgan ishim - ota va onam mangu qo'nim topgan joyni ziyorat qilish bo'ldi. O'zi aslida har safar Andijonga kelganimda birinchi borar manzilim – qabriston bo'ladi. O'tganlarning ruhiga tilovat qilaman. Meni dunyoga kelishimga sababchi bo'lgan insonlarni eslayman.


- O'n yillik tanaffusdan keyingi o'zgarishlar qanday?

- Xuddi shu savolni menga Andijon hokimi ham berdi. Ochig'i, so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Ishoning, bu balandparvoz so'zlar emas. O'n yil avvalgi holat bilan taqqoslasak, osmon bilan erchalik farq ko'zga tashlanadi. Birgina Andijon misolida olsak, shahar 60 foizga o'zgargan. To'g'risini aytaman, yoshligim o'tgan tuman ko'chalarida adashib qolay dedim. Ko'chalarni umuman tanib bo'lmaydi. Jin ko'chalar o'rnini ikki tomonlama mashinalar yuradigan keng va ravon ko'chalar egallagan. Eski shahar qaerda deb so'rasam, o'rtoqlarim “shu biz turgan joy” deb javob berishdi (kuladi). Yaxshiyam, yonimda do'stlarim bor ekan, ularning yordamida manzilga etib oldim. Bilasizmi, mazza qilyapman, to'yib-to'yib nafas olyapman. O'zbekistonga bir oyga kelganman. O'ylaymanki, bu so'nggi tashrif emas. Endi tez-tez kelib turaman. Axir, bu mening Vatanimku!  

- Odamlar o'zgaribdimi?

- Aslo. Bizning xalq shu xislati uchun ham dunyoda o'z obro'siga ega. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida bo'lganman. Lekin bunday tanti, mehridaryo, qo'li ochiq, mehmondo'st xalq hech qaerda yo'q. O'zbekistonga qaytganimni bilgan germaniyalik do'stlarim ham bu erga kelmoqchi ekanliklarini aytishdi. Bundan juda ham xursand bo'ldim. Ular kelishdi va taassurotlari yuzasidan aytgan birinchi gaplari aynan mehmondo'st xalqimiz haqida bo'ldi. Bu bilan germaniyaliklar yana bir bor hayratga tushishdi. Qo'pol qilib aytganda, o'zining so'nggi nonini ham do'sti bilan baham ko'radigan xalq bu.


- Tug'ilib o'sgan ota hovlingizda ham bo'ldingizmi?

- Albatta. Bu erda hozir yagona jigargo'sham - opam yashaydilar. Bir paytlar bu hovlida onam, opam va men yashaganmiz. O'sha paytlar xuddi kino lenta kabi ko'z oldimdan o'tdi. Biroz yig'lab ham oldim.

- Milliy taomlarimizni juda ham sog'ingandirsiz?

- SHubhasiz. Ishonasizmi, O'zbekistonga kelib 10 kilogrammga vaznimni oshirib oldim. Yurtimizning barcha viloyatlarida osh tayyorlanadi. Toshkentda o'ziga yarasha choyxona va to'y oshlari, vodiy, voha yoki Samarqandda o'ziga xos osh pishiriladi. Bilmadimu, lekin menga o'zimizning Andijonning samovarida tayyorlanadigan osh ko'proq yoqadi. Masalan, bugun kechqurun osh tanovvul qilsam, ertaga ertalab ham oshdan qaytmayman.  


- Qadamingiz qutlug' kelib, boks bo'yicha terma jamoamiz Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida 9 ta medalni qo'lga kiritdi...

- Bokschilarimiz bu muvaffaqiyatga o'z mehnatlari evaziga erishishdi. Rio Olimpiadasida tarixiy yutuq qo'lga kiritildi. Olimpiada oldidan murabbiylar bilan gaplashganimda, ular hech bo'lmasa bitta oltin medal olishimiz kerak, deyishgandi. O'sha paytgacha Muhammadqodirning oltin medali boks bahslarida yagonaligini saqlab kelayotgandi. Buni qarangki, O'zbekiston Rio-2016 Olimpiadasining chinakamiga kashfiyot jamoasiga aylandi. Hozir bokschilarimizning oltin avlodi shakllangan, desam aslo mubolag'a bo'lmaydi. SHu o'rinda bir narsani aytishni o'zimga joiz deb bildim. Katta-katta sport tashkilotlari, masalan o'sha AIBA bilan aloqalarni yanada mustahkamlash kerak. Men ular bilan tanish-bilishchilik qilish, pul berish haqida gapirmayapman. Diplomatik aloqalarni kuchaytirishni nazarda tutyapman. Hakamlar bizga g'alabani taqdim etishmasin, bokschilarimiz o'z kuchlari bilan bunga erishadilar. SHunchaki, halol g'alabamizni tortib olishmasin. Buning uchun, yuqori tashkilotlar bilan do'stona munosabatda bo'lishi kerak...

(davomi bor...)

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing